Toshkent yaqinida qiymati $300 million bo‘lgan yangi logistika markazi qurilmoqda

24.11.2025

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida Silkway Central Asia nomli yirik logistika markazi qurilishi boshlandi. Umumiy maydoni 159,4 gektar bo‘lgan loyiha qiymati taxminan 300 million dollarga teng. Markazda 172 000 m² konteyner maydonlari, 167 000 m² A va B sinfidagi omborlar, 18 700 m² savdo-ko‘rgazma markazi hamda 28,4 km yangi temir yo‘l infratuzilmasi barpo etiladi. Qurilishning birinchi bosqichi 2027-yil boshida yakunlanishi rejalashtirilgan. Yangi markaz O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi transport-logistika uzel sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.