Raqamlashtirish O‘zbekiston bojxonalaridagi ishni olti baravar tezlashtirdi

24.06.2025

O‘zbekistonda raqamli bojxona tizimining joriy etilishi yuklarning chegara orqali o‘tish vaqtini o‘rtacha 3 soatdan 30 daqiqagacha qisqartirdi. 2024-yil boshida ishga tushirilgan tizim inspektorlar, bojxona ombori xodimlari va yuk egalariga mo‘ljallangan uchta interfeysdan iborat.

Yuk ma’lumotlarini oldindan kiritish mumkin, kelgach — tekshirib, tizimga kiritiladi. Risklarni boshqarish algoritmi bojxona xodimining ishtiroki kerakmi-yo‘qmi degan qarorni chiqaradi. Natijada, ayrim yuklar inspektor ishtirokisiz rasmiylashtiriladi, egalar esa bojxonadan o‘tish jarayonini real vaqt rejimida kuzatishlari mumkin.