Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlari uch kunga yopiladi
18.03.2024
2024-yilning 21-martidan 23-martigacha Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi avtomobil o‘tkazish punktlarida fuqarolar, transport vositalari va yuklarning o‘tishi to‘xtatiladi.
Sababi Qozog‘istonda Navro‘z bayramining nishonlanishi.
Qozog‘iston-Xitoy chegarasidagi temir yo‘l nazorat-o‘tkazish punktlari ushbu davrda odatdagidek ishlashda davom etadi.