Sumitomo korporatsiyasi O‘zbekistonda logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasining avtomobilsozlik guruhi direktori Norixiko Nonaka bilan avtomobil ishlab chiqarish va logistika sohalarida qo‘shma loyihani muhokama qildi.
Unda O‘zbekistonda logistika markazi qurish va bojsiz savdo zonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bu ham ichki, ham tashqi bozorga avtomobillar va avto ehtiyot qismlar yetkazib berishni tashkil etish imkonini beradi.
Tomonlar loyihaning taxminiy muddati va uning narxini e’lon qilishmagan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bitimlar yoki boshqa hujjatlar imzolangani haqida xabar bermadi.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston ” temir yo‘l kompaniyasi tashkil etildi
Bosh vazir Akilbek Japarov O‘zbekistonda “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston ” temir yo‘l kompaniyasi ” MChJ ochilishida ishtirok etdi, dedi hukumat.
“Biz ushbu loyihaga yuqori baho beramiz va uni asr qurilishi deb ataymiz. Bu Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi ", – dedi u.
Xitoy “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston ” temir yo‘l loyihasi uchun $2,35 mlrd kredit ajratadi.
O‘zbekiston va Rossiya dorilarni markirovka qilish kodlarini o‘zaro tan olish tizimini joriy qilmoqda.
Mamlakatlar tibbiy qo‘llash uchun dorilarni markirovka qilish kodlari haqidagi ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha axborot almashinuvi to‘g‘risidagi Bitimni imzolashdi.
Mazkur bitim ikki davlat o‘rtasida dori vositalarining o‘zaro eksport/importi vaqtida ularni qayta markirovka qilish bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar xarajatlarini qisqartirish; dori vositalarining ikki davlat hududlaridan eksport qilish vaqtini qayd etish; dorilar harakatini ikki davlat hududida kuzatib borish imkoniyatini beradi
Bolgariya orqali Yevropa Ittifoqiga yuk tashuvlari rivojlantiriladi
Joriy yilning 3-4 sentabr kunlari Transport vazirligida Xalqaro avtomobil transporti bo‘yicha O‘zbekiston-Bolgariya qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuvda tomonlar avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, milliy tashuvchilarga qulay shart-sharoitlarni yaratish masalalarini muhokama etishdi.
Xususan, Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagidan foydalangan holda Bolgariya orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvlari hajmini oshirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakuniga ko‘ra 2024-yil uchun qo‘shimcha ruxsatnoma blankalari almashildi. Shuningdek, 2025-yil uchun ruxsatnoma blankalarini hozirgiga nisbatan 15 baravarga oshirgan holda almashishga kelishildi.
Eslatib o‘tamiz, mavjud yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish hamda muqobil transport koridorlarini rivojlantirish orqali Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvlarini rivojlantirish maqsadida 2024-yilning 1-aprelidan Ruminiya bilan ikki tomonlama va tranzit yuk tashuvlarini ruxsatnomasiz tizimda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
Mustaqillik kuni
Hurmatli vatandoshlar!
Barchangizni O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligi bilan tabriklaymiz!
LIGHT EXPEDITION kompaniyasi sizga sihat-salomatlik, tinchlik va barcha ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaydi! Xonadoningizda bayramona kayfiyat, baxt va farovonlik hukm sursin
Hurmat bilan, Light Expedition