Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasidagi avtomobil yuk tashish hajmi 6,5 barobar oshdi
05.11.2024
2023-yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida avtomobil transportida 354 ming tonna yuk tashilgan. Bu haqda ikki davlat savdo vazirlari Laziz Qudratov va Jom Kamol Xon o‘rtasidagi muzokaralar chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
Bu 2022-yilga nisbatan 299,5 ming tonnaga yoki 550 foizga ko‘pdir.