O‘zbekiston va Afg‘oniston "Xayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘li bo‘yicha shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi
27.01.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston temir yo‘l ma’muriyatlari "Xayraton – Mozori-Sharif" temir yo‘lini ekspluatatsiya qilish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomani uzaytirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi "O‘zbekiston temir yo‘llari".
Milliy kompaniya shartnoma qaysi muddatga uzaytirilgani haqida ma’lumot bermadi.
Shu bilan birga, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning sho‘ba korxonasi bo‘lgan "Sog‘diana trans" MChJ ushbu temir yo‘l liniyasiga xizmat ko‘rsatish operatori sifatida qoladi.