China Railway Chengdu Group kompaniyasi Chongsindan Toshkentga muntazam temir yo‘l yuk tashish yo‘nalishini ishga tushirdi
21.04.2025
20 aprel kuni poliester parchalari ortilgan yuk poyezdi Xitoyning Chungsin shahridan O‘zbekistonga yo‘l oldi.
“Sinxua” agentligining yozishicha, bu Xitoyning janubi-g‘arbiy megapolisi va Markaziy Osiyo o‘rtasida muntazam yuk tashish yo‘nalishi boshlanganini ko‘rsatdi.
China Railway Chengdu Group Co., Ltd. tomonidan xabar qilinganidek, yuk tashish xizmatlari oyiga ikki marta muntazam ravishda amalga oshiriladi.