Xitoy nodir yer metallari eksportini keskin oshirdi — bu AQSh bilan savdo munosabatlaridagi yumshash belgisimi?

14.07.2025

2025-yil iyun oyida Xitoy 7 742 tonna nodir yer elementlarini eksport qildi — bu 2024-yil iyuniga nisbatan 60% va shu yilning may oyiga nisbatan 32% ko‘pdir. Bu 2009-yil dekabrdan beri eng yuqori oylik ko‘rsatkichdir. Tahlilchilar buni eksport nazoratining yumshatilishi va AQSh bilan yopiq eshiklar ortida erishilgan kelishuvlar bilan bog‘lashmoqda. Iyunda Xitoy ayrim AQSh kompaniyalariga eksport litsenziyalari bergani va Yevropa davlatlari uchun tartiblarni soddalashtirgani haqida xabarlar chiqqan.

Eksport hajmi oshgan bo‘lsa-da, umumiy eksport qiymati 47% ga kamaydi — bu, asosan, eksport tarkibining o‘zgarishi bilan izohlanmoqda: arzon nodir metallar ko‘proq jo‘natilgan, qimmat qiymatga ega bo‘lganlari esa hanuz qat’iy nazorat ostida. 20-iyul kuni e’lon qilinadigan batafsil statistikalar orqali yanada to‘liq tasavvur hosil qilish mumkin bo‘ladi.

Nodir yer metallar avtomobilsozlik, aviatsiya, elektronika va mudofaa sanoatida muhim rol o‘ynaydi va Xitoy bu yo‘nalishda global yetakchilikni saqlab qolmoqda.