Sumitomo korporatsiyasi O‘zbekistonda logistika markazi qurishni rejalashtirmoqda
14.10.2024
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Akram Aliyev Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasining avtomobilsozlik guruhi direktori Norixiko Nonaka bilan avtomobil ishlab chiqarish va logistika sohalarida qo‘shma loyihani muhokama qildi.
Unda O‘zbekistonda logistika markazi qurish va bojsiz savdo zonasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bu ham ichki, ham tashqi bozorga avtomobillar va avto ehtiyot qismlar yetkazib berishni tashkil etish imkonini beradi.
Tomonlar loyihaning taxminiy muddati va uning narxini e’lon qilishmagan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi uchrashuv yakunlari bo‘yicha bitimlar yoki boshqa hujjatlar imzolangani haqida xabar bermadi.