Qanot Sharq Rossiyaga boʻlgan baʼzi reyslarni toʻxtatadi
Oʻzbekistonning xususiy aviakompaniyasi Qanot Sharq (IATA kodi: HH) Rossiyaga boʻlgan baʼzi reyslarni vaqtincha toʻxtatishini eʼlon qildi.
20-yanvardan 6-martgacha Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand va Fargʻonadan Moskvaga boʻlgan reyslar amalga oshirilmaydi. Shuningdek, aviakompaniya Namangan va Samarqanddan Sankt-Peterburgga boʻlgan reyslarni ham bekor qiladi.
Aviakompaniya bunday chora-tadbirlarning sababi sifatida Rossiya yoʻnalishlarida ishlatilgan ikkita Airbus A320 samolyotini S-check texnik xizmatidan oʻtkazish zaruriyatini koʻrsatdi.
Samolyotlar navbatma-navbat uzoq muddatli texnik xizmatga yuboriladi, shu sababli barcha Rossiya yoʻnalishlarini toʻliq qoʻllab-quvvatlash imkoni boʻlmaydi.
Aviakompaniyaning boshqa samolyotlari – ikkita Airbus A321neo va ijaraga olingan keng fuzelyajli A330 samolyoti Yaqin Sharq va Osiyoga boʻlgan yoʻnalishlarda foydalanilmoqda.