Biz sanktsiyalar siyosatining garovi bo‘lib qoldik
“Biz sanktsiyalar siyosatining garovi bo‘lib qoldik”, dedi O‘zbekiston Prezidenti
Ukraina va Yaqin Sharq atrofidagi voqealar an'anaviy savdo va transport zanjirlarini buzdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvida aytib o‘tdi.
“Biz sanktsiyalar siyosatining garoviga tushdik, logistika xarajatlari sezilarli darajada oshdi va inflyatsiya bosimi kuchaymoqda. Jahon kapital bozorida imkoniyatlar pasaymoqda, protektsionizm kuchaymoqda va yangi to‘siqlar paydo bo‘lmoqda”, — deya ta’kidladi u.
O‘zbekiston Prezidenti hamkasblarini mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar ayirboshlashni soddalashtirish choralarini ko‘rishga taklif qildi:
• tarif va tarifsiz to'siqlarni bartaraf etish
• muvofiqlik sertifikatlarini o'zaro tan olish va qoidalarni unifikatsiya qilish
• bojxona operatsiyalari va fitosanitariya tartib-qoidalarini raqamlashtirishni jadallashtirish
• davlat xaridlaridan o‘zaro foydalanishni ta’minlash